"Будущее уже сегодня" mavzusidagi Nobel Fest 3-onlayn festivali

Qozog`istonning O`zbekistondagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, joriy yil 26-29-oktabr kunlari "Будущее уже сегодня" mavzusidagi Nobel Fest 3-onlayn festivali o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 Ushbu festival Qozog`iston Respublikasining birinchi Prezidenti kutubxonasi - Елбасы N.Nazarbayev, G-Global xalqaro kotibiyati va inklyuziv rivojlanish jamg`armasi tomonidan tashkil etiladi.

Nobel Fest quyidagi 4 ta asosiy yo`nalishlarni o`z ichiga oladi:

- "Зеленая реалность"

- "Навыки новой эры"

- "Век инноваций"

- "Экономика для людей"

Qozog`iston tomoni mazkur tadbirda qatnashish uchun Oliy ta`lim muassasalarining rahbarlari va ma`sul xodimlarini taklif etgan.

Festivalda qatnashish uchun quyidagi veb- sahifa orqali ro`yxatdan o`tish zarur: https://nobel-fest.inpolicy.net 

Mazkur tadbir bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha ma`lumot uchun ma`sul: Kalibekov Batixan - Nobel festivali matbuot xizamati;  e-mail-  kalibekov@inpolicy.net